Qonunchilik yoshlar nigohida

 

O‘zXDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori va O‘zXDP Toshkent shahar kengashi hamkorlikda “Qonunchilik yoshlar nigohida” loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP rais o‘rinbosari Firdavs Sharipov ishtirokida O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti talaba yoshlarga qonunchilikdagi yangiliklar, qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida olib borilayotgan ishlari hamda partiyaning yoshlar bilan ishlash borasidagi loyihalari haqida to‘xtaldi. Partiyaning Yoshlar sektori rahbari M.Nizomiddinov tomonidan “Yoshlar qanoti” faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

Muloqot yakunida 30 nafar yoshlar partiya safiga a’zoligiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish