O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori va Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan seminar tashkil etildi. Unda omma oldida o‘zni namoyon etish va hayajonni yengish haqida ko‘nikmalari haqida tushuntirishlar berildi.
Seminarda “O‘zbekiston-24” telekanalining oliy toifali suxandoni, Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Dildora Sagdullayeva yoshlarga mahorat darsi o‘tdi. Xususan, shaxsiy brend ustida ishlash masalasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Asosiy e’tibor nutq ravonligi, kamera va OAV bilan ishlash, tasvirga olish jarayonidagi kiyinish madaniyatiga oid me’yorlarni yig‘ilganlarga tushuntirdi.
Yigit-qizlar o‘quv davomida amaliy mashg‘ulotlarni ham bajardi. Masalan, ovoz, yuz va lab mashqlari, sahnada hamda omma oldida yurish madaniyatini sinab ko‘rishdi. Har bir ishtirokchi bilan bir daqiqa davomida olib borilgan suhbat chog‘ida ularning nutqidagi kamchilik aniqlanib, maslahatlar berildi.
O‘z navbatdagi yoshlar istak va maqsadlari bilan bo‘lishdi. Buning uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida fikr almashildi.
E’tiborli tomoni, mazkur loyiha 2024 yil davomida tizimli yo‘lga qo‘yilib, muntazam “Yoshlar parlamenti”, XDPning “Yoshlar qanoti” a’zolari va partiyaga a’zo yoshlar uchun tashkil qilinishi kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu loyihada ishtirok etish istagida bo‘lganlar, “Yoshlar qanoti” yetakchisi Muhsiddin Nizomiddinovga murojaat qilishi mumkin.