Sog‘likni saqlash tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha turdagi tibbiy xizmatlari sifati o‘rganildi

 

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati doirasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni  joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi farmoni hamda 2022 yil 25 aprelda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan edi.

Shu munosabat bilan mazkur hujjatlar ijrosi yuzasidan  O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati N.Xolmatov, Arnasoy tuman kengashi deputati Z.Ibragimovlar tomonidan Arnasoy tuman Tibbiyot birlashmasida  sog‘likni saqlash tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha turdagi tibbiy xizmatlar sifatini va oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinika va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning amalga oshirgan faoliyati holati, olis va chekka hududlardagi OSHPlarda  kadrlar siyosatini amalga oshirish va malakali mutaxassislar bilan butlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari skrining dasturlar va patronaj xizmatini amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi.

 

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi

Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish