Sirdaryo viloyatidagi o‘rganish natijalari muhokama qilindi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Sirdaryo viloyati kengashi mas’ullari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, partiya faollari, yoshlar ishtirok etgan yig‘ilishda Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlar yakunlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6221sonli farmonida Oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda «tibbiyot brigadalari» faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish borasida bir qancha vazifalar belgilab berilgan edi.

O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi deputatlik guruhlari tomonidan chekka xududlar, tuman va shaharlarda oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda ko‘rsatilayotgan barcha turdagi tibbiy xizmatlar sifati har oyda o‘rganildi.

Jamoatchilik nazorati natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Respublika bo‘ylab aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati sezilarli darajada yaxshilangan. Aholi o‘z hududlaridan chiqmagan holda malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tmoqda. Murakkab jarrohlik amaliyotlari ham aksariyat hollarda hududlarning o‘zida o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda Yangiyer tumanida aholiga 1 ta KTMP, 3 ta oila shifokorlik punkti va 1 ta oilaviy poliklinika tomonidan birlamchi tibbiy sanitariya yordami sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Aholi soni jihatidan viloyatda kichikligi bilan farq qilsa-da, tibbiy salohiyati yuqori hisoblanadi. Shunga qaramay, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar, kamchiliklar ham mavjud. O‘rganish natijalari mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinib, masalalarga yechim topish maqsadida Yangiyer shahar Kengashining sessiyasiga qo‘yilgan.

Onlayn davra suhbatida deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Hududda tor doiradagi mutaxassislar - onko-mamolog, bolalar logoped-difektologi, allergolog, ftiziatorlar yetishmasligini hal qilish lozimligi ta’kidlandi. Tibbiyot oliygohlariga qabul qilishda hududlar talab ehtiyojlarini e’tiborga olib, qo‘shimcha kvotalar ajratish masalasi muhokama qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish