Murojaatlar joyida hal etilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada partiyaning mahalliy kengashlari samarali faoliyat ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlash zarur.

Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buni Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Aleksandr Kim deputatlik faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Deputatimiz aholi bilan muloqot o‘tkazayotgan chog‘da «Qo‘chqorchi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi boquvchisi yo‘q va ishsiz bo‘lgan Zuhraxon Isaqovaning murojaati joyida hal qilindi. Unga 120 ta shifer olib berishda amaliy yordam berildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish