Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Muxsiddin Nizomiddinov aholi murojaatlariga yechim topish maqsadida 2023 yil oktabr oyida Parkent tuman IIB YHXB ga deputatlik so‘rovi jo‘natgan edi.
Deputatlik so‘rovida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transporti hodisalarining oldini olish maqsadida Qiziltog‘ shaharchasining chiqish qismiga 1.31.1 va 1.31.2 yo‘l belgilarini o‘rnatish so‘ralgan edi. Natijada qisqa muddatda ushbu yo‘l belgilari ko‘rsatilgan joyga belgilangan tartibda o‘rnatildi.
Yo‘l belgisi o‘rnatilishidan oldin har oy mazkur havfli burilish joyida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lib, odamlarning sog‘lig‘i va mulkiga zarar yetib kelayotgan edi. 2022-2023 yillar orasida bu joyda 14 marotaba yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan.