«Mahallada ijtimoiy xizmat» loyihasi

 

O‘zbekiston XDP Qarshi shahar Kengashi deputati R. Murtazayev «Aral» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar eshitildi.

Jumladan, murojaatchilar «Aral» mahallasida hozirga qadar maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘qligini, aholini qiynaydigan muhim masalalardan biri ichimlik suvida noreal qarzdorlik ko‘pligini, hatto vafot etgan fuqarolar nomiga ham qarzdorlik kelganligi aytib o‘tishdi. Qarshi shahar «Suvoqova» xodimlari chaqirilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

Savol-javob, bahs munozara shaklida o‘tgan uchrashuv davomida Deputat 2024 yilda Qarshi shahrida olib boriladigan ishlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish