“Safimizdagi yoshlar”

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlar sektori va Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda “Safimizdagi yoshlar” loyihasi o‘tkazdi. Unda partiya faollari hamda talabalar ishtirok etdi.

Dastlab partiya Markaziy Kengashi Yoshlar sektori rahbari Muhsiddin Nizomiddinov partiyaning “Yoshlar qanoti” va uning faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Amalga oshirilayotgan loyihalar bilan bir qatorda yigit-qizlarning murojaatlari bilan ishlash tizimi va boshqa qator masalalar haqida so‘z bordi.

Xususan, talabalarni tashvishga solayotgan masalalar hamda ularning yechimi, yoshlarning qiziqishi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, partiyaning Toshkent shahar kengashi xodimlari partiyaga a’zo bo‘lish tartibi haqida tushunchalar berdi.

Aytish joizki, ushbu loyihadan asosiy maqsad yoshlarning siyosiy, huquqiy bilimi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, partiyada yoshlar sonini tizimli oshirib borish hisoblanadi.

Loyiha yakunida 30 ga yaqin faol talaba partiya a’zoligiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish