Tahlil, tanqid va taklif

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi «Yoshlar qanoti» tomonidan yoshlar: tahlil, tanqid va taklif mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa yoshlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash bo‘yicha kuzatilayotgan muammolar ushbu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan yoshlarning fikrlari eshitildi. Xususan, mahalladagi ayrim yoshlar yetakchilarining faoliyati belgilangan talablar doirasida amalga oshirilmayotganligi, ba’zi hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, qizlarni erta turmushga berish, hattoki, maktabni bitirmasidanoq unashtirib qo‘yish holatlari ko‘payib borayotgani misollar bilan keltirildi. Yigit-qizlar orasidagi bu kabi masalalarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmayotkani tanqid ostiga olindi.

Yoshlar bu kabi uchrashuvlarni tashkil etish, mahallalar kesimida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, yigit-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, siyosatga jalb qilish borasidagi ishlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish