Taxtako‘pirda «Safimizdagi yoshlar» loyihasi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxtako‘pir tuman kengashi va Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan tumandagi 2-sonli maktabda «Safimizdagi yoshlar» loyihasi o‘tkazildi.

Loyihada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxtako‘pir tuman kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari, «Aydin jol» mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxtako‘pir tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari Qabilbek Jaliyev yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi. Yoshlarni bilimli hamda ilmli bo‘lishlariga sharoitlar yaratilib berilayotganligi, yoshlarga doir qonunlar mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati hamda partiyaning maqsad va vazifalari keng tushuntirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish