Murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi

 

Namangan «Baynalmilal» MFY binosida O‘zbekiston XDP Namangan viloyat hamda shahar kengashlari deputatlari ishtirokida xotin-qizlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Maqsad ayollarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ishsizligini ta’minlashdan iboratdir.

Sayyor qabulda O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi raisi Dilnoza O‘rinboyeva hamda Dilorom Abdurahimovalar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston XDP dasturiy maqsadlari to‘g‘risida ma’lumot berildi va «Ayollar daftari», xotin-qizlarni o‘z-o‘zini band qilishi va ularga berilayotgan imtiyozlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Sayyor qabulda 18 nafar fuqaro ishtirok etib, shundan 10 nafarining murojaati joyida hal qilindi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish