Davlat dasturi: muhim masalalarga, aniq yechimlar

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi N. Eshmetova tomonidan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident farmoni yuzasidan yoshlar bilan munozara tashkil etildi.

Davlat dasturi loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan dolzarb ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan aniq yechimlar keng muhokama qilindi. Mazmun-mohiyat chuqur tushuntirilib, yoshlarning fikr-mulohaza va takliflari eshitildi.

O‘zbekiston XDP Shayxontoxur tuman kengashi tomonidan tumandagi «O‘zbekiston» mahallasida shu mavzuda muloqot tashkil etildi. Dastlab yig‘ilganlarga «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, bu bo‘yicha yoshlarning taklifi o‘rganildi.

Davlat dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv va muloqotlar Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamda tashkillashtirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston prezidenti farmoni loyihasi asosida «Muhokama, tahlil va taklif» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. O‘zbekiston XDP viloyat kengashi raisi va mas’ul xodimlari «O‘zbekiston-2030» strategiyasining mazmun-mohiyati, har bir yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda partiyaning maqsad va vazifalarini atroflicha tushuntirdi. Tadbir so‘nggida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan murojaat etishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston XDP Termiz tuman Kengashi raisi G. Shafoatova tomonidan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida «Muhokama, tahlil va taklif» mavzusida mahalla yoshlari va maktab yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda partiya kengashi raisi tomonidan Prezidentimiz farmonining mazmun va mohiyati to‘g‘risida yoshlarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Davlat dasturiga takliflar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish