Mutafakkirlar xotirasi abadiydir

 

Marg‘ilon shahar 8-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan «Nazm va navo» deb nomlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Badiiy kechada Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi deputati Sh. Yermatov, O‘zXDP Marg‘ilon shahar kengashi raisi, shahar kengashi deputati M. Mirzayev, «Yerkin Vohidov» nomidagi ijodkorlar maktabi o‘quvchilari, ota-onalar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Navoiy va Bobur ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Navoiy turkiy til asosida betakror bog‘ yaratib, dunyo ahlini hayratga solgan bo‘lsa, Bobur shu turkiy nazm gulshanidagi bepoyon bog‘ni chin ma’noda bo‘stonga aylantirgan va hind yurtida ham ijodkorlar rahnamosi bo‘lgan. Shu bois ular ijodi hamon qunt bilan o‘rganilmoqda.

Tadbirda hazrat Navoiy va Bobur qalamiga mansub ruboiylar, g‘azallarga bastalangan kuy-qo‘shiqlar musiqa maktabining «Sanoi nafis» xonandalar ansambli tomonidan ijro etildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish