Murojaatlarga munosabat o‘zgarmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasida Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda saylovchilarni qiynayotgan muammolarga yechim izlandi va 20 dan ortiq murojaatlarning aksariyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida ijobiy hal etildi.
Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijrosi jiddiy nazoratga olindi.