Ibratli hayot yo‘li e’tirof etildi

 

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.

Mamlakatimizda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuniga bag‘ishlab har yili ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, mushoiralar tashkil etiladi. Axsikent – ochiq osmon ostidagi muzeyda tashkil etilgan tadbir festival ko‘rinishini oldi.

Unda ishtirok etgan Xalq demokratik partiyasi To‘raqo‘rg‘on tuman kengashi raisi R. Kasimov, Namangan viloyat deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat rahbari Z. Mansurov, tuman deputati, “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi O. Xodjayev va XDP faoli, yozuvchi I. Nishonovlar ham ishtirok etib, Boburning ibratli hayot yo‘li, uning lirikasi haqida fikr bildirishdi. Yoshlarimizni buyuk ajdodlarga munosib avlod qilib tarbiyalashimiz kerakligini ta’kidlab o‘tishdi.

A. Navoiy nomidagi Namangan viloyat teatrining aktyorlari tomonidan Boburning hayotiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlari, viloyat va To‘raqo‘rg‘on tuman Madaniyat bo‘limlarining musiqali dasturlari, 29-umumta’lim maktabining jajji qizlari ishtirokidagi raqslari barchaga manzur bo‘ldi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish