Tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Muxtor Ilhomov tashabbusi bilan Uchtepa tuman 3-sektor "Ko‘rkamobod" mahallasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Shahar endokrinologiya markazi va 22-oilaviy poliklinika shifokorlari bilan birgalikda qandli diabet kasalligi bor fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida “Uchtepa" va "Hojiobod" mahalla aholisi ham ishtirok etdi.
Mutaxassislar ko‘rigidan o‘tgan fuqarolarga to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning afzalliklari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.