O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi media markazida Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorligida “Ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi tizimi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ishlashini to‘g‘ri tashkil etish holatini o‘rganish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, partiya faollari, yoshlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi tizimi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ishlashini to‘g‘ri tashkil etish holatini o‘rganish yakunlari ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligidan kelgan mutaxassislar mos ravishda oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va ularni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2023 — 2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari dasturi haqida ma’lumotlar berishdi.