Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi yo‘lida

 

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat va Qarshi shahar kengashlari hamkorligida “Navo” mahalla fuqarolar yig‘inida “Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish qilish borasida partiya tashkilotlarining o‘rni” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Qarshi shahar kengashi raisi R. Murtazayev hamda viloyat partiya kengashi bo‘lim boshlig‘i Sh. Xudoyqulovalar so‘zga chiqib, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, ularning ta’lim olishi, munosib sharoitlarda mehnat qilishi borasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 sentabrdagi “Davlat ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 515-sonli Qarori va uning ahamiyati, partiya tashkilotlari, xususan deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlari xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ayollarga uy-joy masalasida ajratilayotgan subsidiyalar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va undagi o‘zgarishlar xususida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida boshlang‘ich partiya tashkilotiga 17 nafar xotin-qizlar qabul qilinib, partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish