Safimizdagi yoshlar

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat va Samarqand shahar kengashlari tashabbusi bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasiga qarashli Motrid sport klubida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar, partiya g‘oyasi, maqsad va vazifalari xususida ma’lumot berishdi.

Shuningdek, partiya safiga qabul qilinganlarga a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur sport klubida 100 dan ortiq yoshlar sportning qo‘l jangi turi bilan shug‘ullanadi. Sportchilarning 4 nafari jahon chempionati sovrindorlari, 25 nafari O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish