Amaliy faoliyat

 

O‘zXDP Jizzax shahar kengashi va partiya deputatlik guruhi tomonidan “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil qilindi.

Fuqarolardan tushgan 15 ta murojaatlar (sog‘lig‘ini tiklash, ichimlik suvi, kontrakt to‘lov, merosdagi ziddiyat va h.k) mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Murojaatlardan 7 tasi deputat B. Toshpo‘latov ishtirokida amaldagi qonunchilik doirasida joyida hal etildi. Qolgan masalalarni shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritish va deputatlik so‘rovi mexanizmi orqali hal etish choralari belgilandi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish