Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

 

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari va tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda “Deputat mahallada” loyihasi doirasida mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Murodilla Abdullayev “Dilorom” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilarning murojaatlarini o‘rgandi. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga kelishib olindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish