Keksalar va ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti, tuman hokimligi, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida Farg‘ona viloyati sog‘lom avlod jamg‘armasi tibbiyot xodimlari va tibbiy ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari keksalar va ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Dastlab yig‘ilganlarga tibbiy ko‘rikning maqsad va vazifalarini tushuntirish bilan birga, yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqtirish va kitob mutolaasida yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarning o‘rni va roli katta ekanligi hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etish, salomatlik uzoq umr ko‘rish garovi ekanligi yig‘ilganlarga alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yetmish nafarga yaqin yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarning salomatligi tekshirildi. Bir nechta ayollar UZI apparatiga tushirilib, ularga muolaja yo‘llanmalari berildi.

Shuningdek, kasalligi aniqlangan o‘ttiz nafardan ziyod keksa avlod vakillari va nogironlarga bepul dori-darmonlar va ko‘zoynaklar tarqatildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish