Teng huquq – teng imkoniyatlar

 

O‘zbekiston XDP Qarshi tuman kengashi tomonidan tuman «Inson» ijtimoiy markazida soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda o‘tgan yili «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024 yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar xususida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, partiyaning «Teng huquq – teng imkoniyatlar» loyihasidan kelib chiqib, markaz va tuman partiya kengashi tomonidan imzolangan Memorandum asosida deputatlar, partiya faollari hamda markaz vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha kelishuvlar qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish