Talab va takliflar muhokama qilindi

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashidagi media markazida hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Toshkent viloyati kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, partiya faollari, yoshlar ishtirok etgan yig‘ilishni partiya Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Varisova Maqsuda Azizovna kirish so‘zi bilan ochib, avvalo barchani Navro‘z umumxalq bayrami bilan chin qalbdan tabrikladi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyatida 2023 yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash holatini o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.

Hududi 15,3 ming km2 ni tashkil etuvchi Toshkent viloyatida bugungi kunda 3 022 611 kishi istiqomat qiladi. Viloyatda ishsizlik darajasi 6,8% atrofida. Norasmiy sektorlarda – 432 118 aholining bandligi ta’minlagan. Davra suhbatida yangi ish o‘rinlari yaratish masalasi hududlar kesimida tahlil qilinib, yechimini kutayotgan masala va muammolar o‘rtaga tashlandi. Deputatlar tegishli mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida talab va takliflarni muhokama qilib, ularning ichimi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish