Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish yo‘lida
O‘zXDP Zarbdor tuman Kengashi deputati N. Allamuratova xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish maqsadida o‘z saylov okrugidagi aholi xonadonlarida bo‘ldi.
“Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish oyligi” doirasida hamda “Navro‘z” bayrami munosabati bilan tumanda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj hotin-qizlar holidan xabar olindi. Ularning yashash xonadonlariga borib, yashash sharoitlari bilan tanishildi. Muammo va kamchiliklar o‘rganildi.
Deputat N. Allamuratova aholining murojaatlarini yozib olib, ularga tegishli mas’ullar bilan ijobiy yechim topishda ko‘maklashadigan bo‘ldi.