Safimizdagi yoshlar
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.
O‘zbekiston XDP Qorako‘l tuman kengashi raisi L. Shermuxammedova Qorako‘l akademik litseyida “Yoshlar qanoti” faoliyatini yanada kuchaytirish va partiya safida yoshlar sonini tizimli oshirib borish maqsadida “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda yoshlarning siyosiy bilimga ega bo‘lishi, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila olishi uchun ko‘proq o‘qishi, zamonaviy bilimlarni egallab borishi muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida 15 nafar litsey xodimlari partiya safiga qabul qilindi.