Deputat yoshlar bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.G.Hasanova Uzun tumani 1-kasb-hunar maktabida uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarning bajarilishi va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalanishni, darslarga to‘liq qatnashish va bu dargohdan ikki til hamda bir kasbni o‘rganib chiqish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Yig‘ilish bahs munozaraga boy bo‘ldi. So‘ng maktabning kasb-hunar o‘rgatish sinfxonalari ko‘zdan kechirildi. Yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish