Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

 

O‘zbekiston XDP Olmaliq shahar kengashi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq bo‘limida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida «Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston XDP Olmaliq shahar Kengashi raisi G.Ataxanova, Olmaliq shahar Adliya vazirligi xuquqshunosi M.Ashurova, universitetning xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Xasanovalar tomonidan 100 nafardan ortiq talabalarga xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, xususan gender tenglik va ayollarni turli kamsitilishlardan himoya qilish, xotin-qizlar faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi farmon va qarorlar, yangi qabul qilingan qonunlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, hozirda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklar, ushbu zo‘ravonliklarning oldini olish va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishdagi amaliy ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish