“Yashil makon” loyihasi doirasida
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Sherali Mamadetsoev tomonidan o‘z saylov okrugi hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida Guliston shahar “Madaniyat” va “Ma’naviyat” mahallalaridagi Shijoatkor, To‘rabek, Zomin va Sadaf ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning o‘z tomorqalaridan foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish mobaynida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilishi, mevali daraxt va qalamcha ko‘chatlari ekilishi va aholining bo‘sh turgan yerlaridan unumli foydalanishlari to‘g‘risida tavsiyalar berib o‘tildi.
Deputatlik nazorati davom etmoqda.