Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari bilan hamkorlik davom etmoqda

 

Keyingi yillarda mamlakatimizda ayol-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarli qilish, bandligini ta’minlash, turli sohalarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifaga aylandi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari bilan doimiy hamkorlik qiladi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularga tadbirkorlikni o‘rgatish, kredit va subsidiyalar olib berishda ko‘maklashib kelmoqda. Shuningdek, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida o‘qiyotgan ayollarning huquqiy bilimlarini, yangiliklardan xabardorligini oshirish maqsadida ularga mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘qishi, ishlashi, qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilgan tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish an’anaga aylangan.

Shunday tadbirlardan biri Olmazor tumanida tashkil etildi. Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish - ular bandligini ta’minlashning muhim omili” mavzusidagi ushbu tadbirda O‘zbekiston XDP MK mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Olmazor tuman hokimligi mas’ullari, “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi kasb-hunarga o‘qiyotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan imkoniyat, imtiyozlar to‘g‘risida, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi xotin-qizlarga oid masalalar haqida ma’lumotlar berildi.

Xotin- qizlarning xohishi va qobiliyatiga qarab kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyatiga jalb etish, hamda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratishda, shuningdek, tadbirkorligini endi boshlagan xotin-qizlar tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko‘maklashishning huquqiy asoslari tushuntirildi.

Maqsadimiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali ularni ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlamdan oilasiga daromad keltiruvchi, davlat budjeti daromadlari shakllanishiga hissa qo‘shuvchi ijtimoiy-iqtisodiy faol insonga aylanishiga ko‘maklashishdan iborat.

Savol-javobga boy tarzda o‘tgan tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha masalalarga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar olishdi. Muloqot so‘nggida kasb-hunar o‘rgangan bir guruh xotin-qizlarga sertifikat hamda O‘zbekiston XDPning sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish