Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam

 

Namangan shahar 2-son kasb-hunar maktabida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” loyihasi o‘tkazildi.

Erta tongdan ta’lim dargohining barcha ustozlari, o‘quvchilari, rahbariyat va o‘rinbosarlar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan shahar kengashining yosh liderlari belgilangan masofa bo‘yicha 5000 qadam yurib faollik ko‘rsatdilar.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa sog‘lom hayotni targ‘ib etish, sog‘lom muhit, ma’naviy va jismoniy salohiyatni oshirishdan iboratdir. Shuningdek, bir maqsad sari birlikda, hamjihatlikda harakat qilish, o‘zaro mehr ko‘rsatib, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada rivojlantirish maqsad qilingan edi.

Loyiha barcha qatnashchilarga manzur bo‘ldi va kelgusida ham shunga o‘xshash tadbirlarni davom ettirish rejalashtirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish