Ayollarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda

 

Qarshi tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston XDP Qarshi tuman kengashi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish oyligi" munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tumanda xotin-qizlar bilan ishlaydigan qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi faol ayollar ishtirok etdi. Qarshi tuman partiya kengashi raisi Z.Azizova hamda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi D.Hazratqulovlar so‘zga chiqib, "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-401 sonli Prezident Qarori va uning joylardagi ijrosi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga yordam berishda xotin-qizlar faollarining o‘rni muhokama etildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish