Talabalarning taklif va tashabbuslari o‘rganildi

 

O‘zbekiston XDPning Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashidagi deputati, Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev Buxoro Davlat tibbiyot institutida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarini tugatayotgan jondorlik bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh ish o‘rinlari asosida ishga joylashtirish maqsadida tashkil qilingan uchrashuvda tumanda faoliyat olib borayotgan tashkilot, muassasa va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi. Tuman hokimi J.Xudoyev tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib, ishga tushishi rejalashtirilayotgan yirik loyihalar hamda mavjud vakansiyalar haqida gapirib, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga alohida to‘xtaldi.

Samimiy muloqot, ishchanlik, savol-javob ruhida o‘tgan uchrashuvda bitiruvchilar tomonidan bir qancha taklif va yangi tashabbuslar o‘rtaga tashlanib, yaqin istiqbolda bu takliflarni amaliyotga joriy qilish yuzasidan kelishib olindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish