O‘zbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Ergashboy Abdullayev tomonidan "Yangi turmush" mahallasi faollari bilan qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar mazmuni-mohiyatini o‘rganish yuzasidan muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi «Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-208-son Farmonining ijrosini ta’minlash hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirishga qaratilgan vazifalar haqida suhbatlashildi.
Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini ta’minlash bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlangani ta’kidlandi.
Muloqot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.