O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan hududlarda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar uchun yaratilgan tibbiy xizmat holati” bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida, ishchi guruhlar tashkil etilib, tuman va shaharlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Quvasoy shahar kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari, Farg‘ona shahridagi 23-, Dang‘ara tumanidagi 8-, Yozyovon tumanidagi 6-maktablar, Qo‘shtepa tumani ishchi guruhi 7-maktabni borib o‘rgandi. Unda tibbiy xizmat ish kabinetlari tashkil etilganlik holati, ularning jihozlanganligi, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti va mutaxassis hamshira faoliyati, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchilik va muammolar joyida bartaraf etilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.