Islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi G‘.Ne’matov Buxoro viloyati Shofirkon tumanining “Qo‘rg‘oni Vardonze”, “Sh.Rashidov”, “Iskogare”, “Mazlaxon Chandir”, “Boboato”, “Mirzoqul” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahalla yettiligi, faollari, shu bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlarida tomorqadan unumli foydalanilishi ishlari bilan tanishdi.

Hududlarda bo‘lgan deputat Sherzod Rahmonov tomonidan fuqarolarimizga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar, qabul qilinayotgan qaror va normativlar huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan “Qo‘rg‘oni Vardonze” mahallasida joylashgan 46-oilaviy poliklinika filiali va “Iskogare” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi tadbirkorlik subyektlarida ham bo‘lib, xodimlar bilan muloqot olib bordi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish