O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Ye. Babenko o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlarni Z.M. Bobur nomidagi axborot-kutubxonadan boshladi.
Kitobxonlar bilan suhbatda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Markaz har kuni 700 dan 1500 nafargacha kitobxonga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, O‘zXDP Andijon viloyat kengashida ham faollar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Andijon shahridagi 8-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan muloqot davomida esa mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalar almashildi.
“Qalandarxon” mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng esa yig‘ilish ishtirokchilari O‘zXDP bilan hamfikr ekanliklarini, aholining ijtimoiy muammolarini hal etishda partiya dasturiy maqsad va vazifalariga sodiq ekanliklarini bildirdilar.