Oltinsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi binosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.Abdullayeva va Xalq deputatlar Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripovlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati, ayniqsa, yosh avlod vakillarining har tomonlama bilimli va baxtli bo‘lishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yoshlarning fikrlari va savollariga deputatlar tomonidan batafsil javoblar berildi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi o‘z saylov okrugidagi qator mahallalarda ham bo‘lib, fuqarolarning yashash sharoitlari, muammolari bilan qiziqdi.