Hujjat taqdim etish uchun muddat kerakmi? (video)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida bandlik xizmatlari takomillashtirilishi munosabati bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Deputatlar subsidiyalar, ssudalar hamda qayta tayyorlash yoki kasbga tayyorlash bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan izoh so‘radi.