Toshkentliklar imzo to‘plashda faol

 

Saylov kodeksiga muvofiq, siyosiy partiyani qo‘llab-quvvatlab, jami saylovchilarning umumiy sonining kamida bir foizining imzosini to‘plashi nazarda tutilgan bo‘lib, bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) qirq ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foiz imzosini to‘plashi mumkin.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham saylovda qatnashishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatimizning barcha hududlarida imzo yig‘ish jarayonlarini amalga oshirmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kengashlari, 200 dan ortiq shahar va tuman kengashlari, 10 mingdan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlarida tashkillashtirilmoqda.

Poytaxtimizda joylashgan O‘simlik moddalari kimyosi instituti binosida Toshkent shahar hamda Mirzo Ulug‘bek tumani partiya kengashi xodimlari fuqarolar imzosini to‘plamoqda.

Ushbu jarayonda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan hamyurtlarimiz imzo qo‘yish bilan birga, turli savollar bilan ham murojaat qilyapti. Partiyaning g‘oyalari nimalardan iborat bo‘lishi, qanday ishlar qilgani haqidagi savollarga javoban tarqatma materiallar berilmoqda.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish