Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan "Mahalla institutining Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini qaror topishidagi oʻrni va roli" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan "Uchtepa" mahallasi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi aʼzosi, deputatimiz Muxtor Ilhomov "Aholi eʼtirozlariga eng koʻp sabab boʻlayotgan muammolarni aniqlash va hal etishda mahalla raislarining oʻrni va roli" mavzusida taqdimot oʻtkazib, oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
"Uchtepa" mahallasi tajribasi konferensiya ishtirokchilarida qiziqish uygʻotib, ushbu tajribani respublikada mavjud barcha mahallalarga ommalashtirishga kelishib olindi.
O‘zbekiston XDP Toshkent shahar
kengashi matbuot xizmati