MAHALLA AHOLISI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TAʼMINLANDI
Mahalla ahli necha yillardan buyon orziqib kutgan toza ichimlik suvi xonadonlarga yetib keldi.
Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi aʼzosi,11- Axshak saylov okrugi deputati Azizbek Qodirovning saʼyi harakati bilan tumandagi "Qanjirgʻa" mahallasining Furqat koʻchasida yangi suv qudugʻi qazildi, suv minorasi, suv nasosi hamda transformator oʻrnatilib, 5 km 300 metrga suv tarmogʻi tortildi.
Asosiysi, suv minorasi oldida tozalov (filtr) qurilmasi ham oʻrnatildi. Bu ishlar uchun respublika budjetidan 2 mlrd. 649 million soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada mahalla hududidagi 739 ta xonadonning 500 tasi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.