Onalik va bolalik  muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a  tuman kengashi, xalq deputatlari  Ellikqal’a tuman Kengashidagi partiya guruhi hamda Ellikqal’a tuman Tibbiyot birlashmasi  xodimlari  bilan hamkorlikda “Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda”  loyihasi o‘tkazildi.

Loyihani o‘tkazishdan maqsad, aholi, shu jumladan, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, turli xil kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish va bo‘lajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va individual maslahatlar berishni tashkillashtirishdan iboratdir. 

Tadbirda onalik va bolalik muhofazasi to‘g‘risida tushunchalar berilib, shu mahallada yashovchi yoshi katta onaxonlar ham yosh oilalarga o‘z tajribalaridan kelib chiqib tushunchalar berib o‘tdilar.

Xuddi shunday tadbir  Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumani Kengashi tomonidan ham tashkillashtirildi. Qonliko‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy  poliklinikasi xodimlari "Jana kala" ovul fuqarolar  yig‘ini hududi aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Tibbiy ko‘rik davomida 30 nafardan ortiq xotin-qizlar va bolalarning salomatligi o‘rganilib, zaruriy xulosalar va ko‘rsatmalar tavsiya qilindi. Kasalligi aniqlangan ayollarga bepul dori-darmonlar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish