O‘zXDP deputati 7 trillion so‘m uchun vazirlikdan izoh so‘radi

Xabaringiz bor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2024 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari loyihadagi masalalar bo‘yicha taklif va e’tirozlarini bildirmoqda. Deputat Anvarxon Temirov bir nechta masalada vazirliklarga murojaat qildi.

Jumladan, budjet to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasida budjet ijro intizomini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Nafaqat ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikni qo‘llash choralarini ko‘rish, qonunchilikni takomillashtirish lozimligini qayd etdi. O‘zXDP fraksiyasi a’zosi, shuningdek, migrantlarni ijtimoiy himoya qilish masalasiga ajratilayotgan mablag‘lar hamda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish uchun ajratilishi kutilayotgan 7 trillion so‘m borasida tushuntirish so‘radi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish