Dronlardan foydalanish tartibi yengillashtiriladimi? (video)

XDP fraksiyasi a’zolari uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda respublika hududiga olib kirish fuqarolar tomonidan qonunchilik talablarini bilmaslik oqibatida ham sodir etilayotganiga e’tibor qaratdi.

Xususan, uzoq muddat chet el hududida yashab qaytgan fuqarolar yoki respublikaga birinchi marotaba kirib kelayotgan chet el fuqarolari tomonidan ham bunday moslamalarni olib kirishga taqiq borligidan xabari bo‘lmasligi ham huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, qonunchilikda belgilangan me’yorlar aholiga tushunarli tarzda ifodalanishi va mas’ullar tomonidan tushuntirish ishlari kuchaytirilishi zarurligi qayd etildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish