Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasi yig‘ilishida yo‘l harakati “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Fraksiya a’zolari loyihada taklif etilayotgan birinchi qismdagi “transport vositasining mulkdori” degan so‘zlardan keyin “yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy tartibda foydalangan shaxs” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin, degan o‘zgartirishga e’tiroz bildirdi. Chunki jarima to‘lash holat jismoniy shaxslar o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, ishonchnoma bilan avtomobildan foydalanayotgan haydovchi hamda mulkdor o‘rtasida jarimalarni to‘lash bilan bog‘liq masalada kelishmoqchiliklar kuzatilmagan hamda to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq elektron tizim muammosiz ishlab kelmoqda. Shu sababli yangi tartib faqatgina yuridik shaxslarga tegishli bo‘lishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.