XDP jarima ballarini hisoblash masalasiga e’tiroz bildirdi (video)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasi majlisida “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi.
Deputatlar loyihada taklif etilayotgan transport vositasi haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish bilan bog‘liq me’yorga nisbatan o‘zi e’tirozlarini bildirdi va qonun ijodkorlaridan bu masalani qayta ko‘rib chiqishni so‘radi...