JАRQOʼRGʼONLIK DEPUTАTIMIZ UCH TАSHKILOTGА DEPUTАTLIK SOʼROVI JOʼNАTDI

Xalq demokratik partiyasi faollari va deputatlari sayyor qabullar tashkil etmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Jarqoʼrgʼon tumanidagi “Porloq yulduz” mahallasida oʼtkazildi.

Unda Oʼzbekiston XDPdan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar ishtirok etib, aholi murojaatlarini oʼrganishdi.

Jumladan, “Porloq yulduz” mahallasi “Yoshlik” koʼchasida istiqomat qilayotgan 30 ta xonadon aʼzolari nomidan fuqaro Bahodir Donaev elektr energiyasi taʼminoti masalasida qiynalayotganligi, koʼchaga yangi transformator oʼrnatish kerakligi hamda suyultirilgan gaz ballonlarini olishda yordam soʼrab murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan Jarqoʼrgʼon tuman Kengashi deputati Chori Yusupov tomonidan Jarqoʼrgʼon tuman gaz filiali direktori I. Mustafoqulov, Jarqoʼrgʼon tuman elektr tarmoqlari korxonasi direktori B.Ostanaqulov, Jarqoʼrgʼon tuman yoʼllardan foydalanish direktori B.Chaqqonovlarga deputatlik soʼrovlari yuborildi.

Soʼrovlar natijasida mazkur “Porloq yulduz” MFY “Yoshlik” koʼchasiga 2020-yilgi tuman dasturiga kiritish rejalashtirildi va ushbu masala deputat nazoratiga olindi.

Oʼzbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi

Аxborot xizmati

Теглар

Депутат
← Рўйхатга қайтиш